Huquqshunoslikda
keyingi yillarda dolzarb muammolardan biri qonunlarimizning tili aniq va ravon
bo‘lishi, normativ hujjatlarning mazmun va mohiyatidan kelib chiqqan holda to‘g‘ri
nomlanishidir. Lekin afsuski bu borada huquqiy tilimizda bir qadar mulohazali o‘rinlar
mavjud. Fikrlarimizning dalili sifatida ularning ayrimlarini keltirib o‘tamiz.
“Jinoyat ijroiya kodeksi” xususida. Oliy Majlis sessiyasida 1996-yil 27-dekabrda muhokama qilingan qonun hujjatlaridan biri shunday deb atalgan. U amaldagi eskirgan “Axloq tuzatish – mehnat kodeksi”ning o‘rniga qabul qilindi. Kodeksning eski nomidan voz kechilgani to‘g‘ri. Uzoq yillar mobaynida tajriba shuni ko‘rsatadiki, jinoyat uchun jazoga mahkum etilganlar hamma vaqt ham mehnatga jalb etilmaydi va ularning jazolanish oqibatida axloqan tuzalib qolmasligi ham ayon. Bu haqiqatdan ko‘z yumib bo‘lmaydi.
Huquqni
muhofaza qiluvchi davlat organlari sud hukmiga binoan jazoni ijro etish bilan shug‘ullanadilar, agar jazo samarali
natija bersa, mahkumning axloqan poklana borishiga umid bog‘lash mumkin. Shu
boisdan qonun jazoni kim va qanday ijro etish lozimligini belgilaydi. Qonunning
nomi ham shunga muvofiq bo‘lmog‘i kerak, albatta. O‘z-o‘zidan ko‘rinib
turibdiki, mazkur sohaning qonun hujjati
“Jazoni ijro etish kodeksi” deb atalsa, to‘g‘ri bo‘lar edi. Afsuski,
loyiha mualliflari shu haqda Rossiyadagi loyihalardan andoza olib, “Уголовно-исполнительный
кодекс” ni “Jinoyat ijroiya kodeksi” tarzida
so‘zma-so‘z tarjima qilganlar va qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yganlar. Shubhasizki,
“jinoiy ijro” – mantiqan jinoyat sodir etish demakdir.
“Jinoyat protsessual kodeksi” xususida. Jinoyat haqidagi ishlar bo‘yicha
surishtiruv va tergov o‘tkazish hamda ularni sudda hal qilish tartibiga oid
qonunlarimizning yig‘indisi hozirda “Jinoyat prostessual kodeksi” deb
nomlangan. Huquq fanining bu sohasi “jinoyat protsessi”, ba’zan “jinoyat
jarayoni” deb yuritiladi. Bunda go‘yo so‘z jinoyatning sodir etilish jarayoni to‘g‘risida
borayotgandek. Mazkur ibora
birinchi marta 1922-yilning mayida qabul qilingan Rossiya qonunida “Уголовно-процессуальный
кодекс” tarzida uchraydi.
Muqaddam Rossiyada bu soha qonuni “Устав уголовного судопроизводтсва” (1864) deb nomlangan.
O‘zbekcha
matnda “jinoyat protsessi” iborasi faqat 1939-yildan boshlab ishlatilgan.
Ungacha boshqa iboralardan foydalanib kelingan:
– 1922-yil may oyidagi Rossiya kodeksining nomi o‘zbek tilidagi rasmiy nashrlarda “Sud muassalarida jinoyat ishlarini yurgizuv tartiblari to‘g‘risida nizomlar majmuasi” shaklida berilgan;
– 1926-yil iyunida bu haqda qabul
qilingan birinchi O‘zbekiston SSR kodeksi “Jazo yo‘rig‘ tuzugi” deb nomlangan
(Amir Temur tuzuklariga qiyosan);
– 1929-yil iyunida qabul qilingan
ikkinchi kodeks “Jinoyat muhokama kodeksi” deb nomlangan. Bunda lotin
alifbosiga o‘tish bilan bog‘liq arxaik so‘zlardan voz kechishga intilish ta’sir
etgan bo‘lishi ehtimoldan holi emas;
– 1936-yilgacha nashr qilinib kelgan
ushbu kodeksning nomini xalq komissarligi o‘zgartib, 1939-yildan boshlab
“Jinoyat-protsessual kodeksi” shaklida chop etilib keldi. Bunday o‘zgartish
qonun chiqaruvchi hokimiyatning biror qarorisiz amalga oshirilgan va
“baynalminal” atamalarga ko‘proq “mehr berish” oqibati, desak xato bo‘lmas;
– 1959-yil mayida qabul qilingan Kodeks
ham shu nom ostida nashr qilingan;
– 1993-yildan boshlab suveren
respublika qonun loyihasini ishlashga kirishgan ishchi guruhi “Jinoyat muhokama
kodeksi” nomiga qaytishni ma’qul topdi. Darhaqiqat, mazkur qonun jinoyat
ishlarini sudgacha va sudda muhokama qilish qoidalarini ko‘zda tutadi. Lekin,
bu borada ikki e’tiroz bildirildi. Chunonchi: birinchidan, “Jinoyat-protsessual
kodeksi” iborasiga ko‘pchilik amaliy xodimlar ko‘nikib qolgan deyiladi. Ha,
qariyb 60 yildan buyon qo‘llanib kelgan iboradan voz kechish osonmas. Lekin
ne-ne noto‘g‘ri, teskari, mujmal, zararli ibora va fikrlardan, shukrkim, voz
kechishga muyassar bo‘ldik. Ularga nisbatan “protsess” so‘zi hech gap emas.
Shu o‘rinda
quyidagilarni eslab o‘tish maqsadga muvofiq: qonun “jinoyat protsessi”ni (“jinoyat
jarayoni”ni) tartibga solmaydi. Aslida u jinoyatni kim, qay yo‘sinda, uslubda
sodir etganini muhokama qilish tartibini belgilaydi va bu ishni qaysi davlat
idoralari bajarishini nazarda tutadi. Har bir shaxs
“jinoyat protsessi” deganda jinoyat sodir qilingan vaziyat, vaqt, joy, uslub,
ishtirokchilar, qurollar, o‘g‘irlangan narsalar, qolgan izlar kabilarni
tushunadi. Shuningdek, fanning, darsliklarning, kafedraning nomini “jinoyat
protsessi” deyilsa, o‘quvchi jinoyatning qanday sodir etilishini tushunadi. Mazkur
qonunda ko‘p ishlatiladigan quyidagi iboralarning tub mazmuniga e’tibor bering:
“Jinoyat protsessining ishtirokchilari faol bo‘lishiga erishish zarur”, “jinoyat protsessida jamoatchilikning ishtiroki maqsadga muvofiq”, “jinoyat protsessida fan va texnika imkoniyatlaridan keng foydalanish – qonun talabidir”. Mazkur jumladagi “protsess” so‘zi o‘rniga “muhokama” so‘zi ishlatilsagina, mazmun to‘g‘ri anglashiladi. Bu qonunlar ajnabiy davlatlarda ham “protsessual qonunlar” deb yuritiladi-ku, deya e’tiroz bildiruvchilar bor. Bizningcha, vaj haqiqatdan uzoq, jumladan, Fransiyada – Jazo protsedurasi; Olmoniyada – Jazo protsessi tartibi; Angliyada – Jinoyat haqidagi ishlarni yuritish to‘g‘risidagi qonun; AQSHda – Jinoyat haqidagi ishlarni sudda ko‘rish federal qoidalari; Polshada – Jazo tayinlash kodeksi; Bolgariyada – Jazolash jarayoni kodeksi tarzida yuritiladi.
Boshqa mamlakatlarning tegishli qonunlarida ham jinoyatni tergov qilish va tergov ishlarini sudda yuritish aslo “jinoiy jarayon” deb atalmaydi. Aksincha, Turkiya, Afg‘oniston va ba’zi Sharq mamlakatlarida aynan “Jinoyat muhokama kodeksi” iborasi qo‘llaniladi. Ushbu Kodeks nomining hozirgi ruscha matni ham o‘zgartirilib, «Кодекс разбирательства преступлений» deb atalsa, mazmunan to‘g‘ri bo‘lar edi. Birinchidan, 1922-yildan boshlab kirib kelgan “уголовное” so‘zi “kallakesarlik” atamasi bilan bog‘liq. Barcha jinoyatlarni, ayniqsa mulkiy jinoyatlarni esa bu toifaga kiritib bo‘lmaydi. Shu jihatdan Jinoyat va jazo kodeksi loyihasining dastlabki ruscha nomidagi уголовное atamasidan voz kechilgani bejiz emas edi. Ikkinchidan, процессуальный so‘zi jinoyat yuzasidan tergov va sud faoliyatini bildirishdan uzoq.
“Fuqarolik protsessual kodeksi” xususida. Jinoyat muhokama kodeksiga yondosh bo‘lgan
“Fuqarolik protsessual kodeksi’ni ham o‘z mazmuniga ko‘ra “Nizo muhokama
kodeksi” degan nom bilan atalishi to‘g‘ri bo‘lardi.
Birinchidan,
bu kodeksda jinoyat hisoblanmagan barcha nizolarni muhokama qilish tartibi
belgilangan. Ikkinchidan, unda grajdanlik jarayoniga, ya’ni fuqarolikka
erishish, qabul qilinish, fuqarolik burchlarini bajarish, fuqarolikdan mahrum bo‘lishga
oid masalalar emas, balki turli mulkiy, shaxsiy huquqlarga oid nizolarni sudda
ko‘rib, hal etish qoidalari berilgan. Uchinchidan, ushbu kodeksda faqat
fuqarolar emas, balki yuridik shaxslarning ham huquq va majburiyatlari bayon
etilgan.
“Fuqarolik kodeksi xususida”. Bu ham ruschadan so‘zma-so‘z tarjima
qilish oqibatidadir. Xorijiy mamlkatlarda “grajdanlik” so‘zi o‘rniga qadimgi
Rumodan boshlab “sivil” so‘zi ishlatiladi. Bu so‘z “grajdanlik”dan tashqari “madaniyat”ni
ham anglatadi. Shu bois Sharq mamlakatlarida tegishli qonunlar “Madaniyat
kodeksi”, “Madaniy muomala kodeksi” deb ataladi.
Umuman huquq “sivil”
va “kriminal” ruknlariga bo‘linishi ham bejiz emas. 1996-yil 27-dekabrda qabul
qilingan “Fuqarolik kodeksi” faqat fuqarolarning o‘zaro munosabatlarini emas,
balki, fuqaroligidan qat’iy nazar, barcha jismoniy va yuridik shaxslarning
ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishga mo‘ljallangan. Shu sababli
kodeksning nomi bilan mazmuni o‘rtasida katta farq bor.
Mulohazalarni muxtasar qilib shuni ta’kidlar edimki, qonunlarimizning tili nuqtai nazaridan yirik yutuqlarimizdan biri Konstitutsiyamiz loyihasini matbuotda ikkinchi marta e’lon qilinishi oldidan maxsus anjuman o‘tkazilgan va asosiy qonunlarimizdagi har bir jumla, har bir so‘z to‘g‘ri ifodalanishga erishilgan edi. Bunday anjumanlar muttasil o‘tib turishiga, har bir yangi qonun loyihasi tahlil jihatidan barkamol bo‘lishiga erishish maqsadida Oliy Majlis Kengashida olimlar va amaliyotchilardan iborat maxsus guruh tashkil etish foydadan holi emas.
“Jinoyat ijroiya kodeksi” xususida. Oliy Majlis sessiyasida 1996-yil 27-dekabrda muhokama qilingan qonun hujjatlaridan biri shunday deb atalgan. U amaldagi eskirgan “Axloq tuzatish – mehnat kodeksi”ning o‘rniga qabul qilindi. Kodeksning eski nomidan voz kechilgani to‘g‘ri. Uzoq yillar mobaynida tajriba shuni ko‘rsatadiki, jinoyat uchun jazoga mahkum etilganlar hamma vaqt ham mehnatga jalb etilmaydi va ularning jazolanish oqibatida axloqan tuzalib qolmasligi ham ayon. Bu haqiqatdan ko‘z yumib bo‘lmaydi.
– 1922-yil may oyidagi Rossiya kodeksining nomi o‘zbek tilidagi rasmiy nashrlarda “Sud muassalarida jinoyat ishlarini yurgizuv tartiblari to‘g‘risida nizomlar majmuasi” shaklida berilgan;
“Jinoyat protsessining ishtirokchilari faol bo‘lishiga erishish zarur”, “jinoyat protsessida jamoatchilikning ishtiroki maqsadga muvofiq”, “jinoyat protsessida fan va texnika imkoniyatlaridan keng foydalanish – qonun talabidir”. Mazkur jumladagi “protsess” so‘zi o‘rniga “muhokama” so‘zi ishlatilsagina, mazmun to‘g‘ri anglashiladi. Bu qonunlar ajnabiy davlatlarda ham “protsessual qonunlar” deb yuritiladi-ku, deya e’tiroz bildiruvchilar bor. Bizningcha, vaj haqiqatdan uzoq, jumladan, Fransiyada – Jazo protsedurasi; Olmoniyada – Jazo protsessi tartibi; Angliyada – Jinoyat haqidagi ishlarni yuritish to‘g‘risidagi qonun; AQSHda – Jinoyat haqidagi ishlarni sudda ko‘rish federal qoidalari; Polshada – Jazo tayinlash kodeksi; Bolgariyada – Jazolash jarayoni kodeksi tarzida yuritiladi.
Boshqa mamlakatlarning tegishli qonunlarida ham jinoyatni tergov qilish va tergov ishlarini sudda yuritish aslo “jinoiy jarayon” deb atalmaydi. Aksincha, Turkiya, Afg‘oniston va ba’zi Sharq mamlakatlarida aynan “Jinoyat muhokama kodeksi” iborasi qo‘llaniladi. Ushbu Kodeks nomining hozirgi ruscha matni ham o‘zgartirilib, «Кодекс разбирательства преступлений» deb atalsa, mazmunan to‘g‘ri bo‘lar edi. Birinchidan, 1922-yildan boshlab kirib kelgan “уголовное” so‘zi “kallakesarlik” atamasi bilan bog‘liq. Barcha jinoyatlarni, ayniqsa mulkiy jinoyatlarni esa bu toifaga kiritib bo‘lmaydi. Shu jihatdan Jinoyat va jazo kodeksi loyihasining dastlabki ruscha nomidagi уголовное atamasidan voz kechilgani bejiz emas edi. Ikkinchidan, процессуальный so‘zi jinoyat yuzasidan tergov va sud faoliyatini bildirishdan uzoq.
“Fuqarolik kodeksi xususida”. Bu ham ruschadan so‘zma-so‘z tarjima
qilish oqibatidadir. Xorijiy mamlkatlarda “grajdanlik” so‘zi o‘rniga qadimgi
Rumodan boshlab “sivil” so‘zi ishlatiladi. Bu so‘z “grajdanlik”dan tashqari “madaniyat”ni
ham anglatadi. Shu bois Sharq mamlakatlarida tegishli qonunlar “Madaniyat
kodeksi”, “Madaniy muomala kodeksi” deb ataladi.Mulohazalarni muxtasar qilib shuni ta’kidlar edimki, qonunlarimizning tili nuqtai nazaridan yirik yutuqlarimizdan biri Konstitutsiyamiz loyihasini matbuotda ikkinchi marta e’lon qilinishi oldidan maxsus anjuman o‘tkazilgan va asosiy qonunlarimizdagi har bir jumla, har bir so‘z to‘g‘ri ifodalanishga erishilgan edi. Bunday anjumanlar muttasil o‘tib turishiga, har bir yangi qonun loyihasi tahlil jihatidan barkamol bo‘lishiga erishish maqsadida Oliy Majlis Kengashida olimlar va amaliyotchilardan iborat maxsus guruh tashkil etish foydadan holi emas.
G‘.A. Abdumajidov
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
(“O‘zbek tilida xalqaro huquq atamalari” ilmiy munozarasi materiallaridan, 1998-yil)
