Quyida lotin tilidagi huquqiy iboralarning o'zbekcha tarjimasini bermoqdamiz.
Aequitas sequitur legem
– Adolat qonunga amal qiladi.
Cedant arma togae.
– Harbiy hokimiyat fuqarolik hokimiyatiga joy bo‘shatsin.
Cessante ratione legis cessat et lex ipsa
– Agar qonunning asosi yo‘qolsa, qonunning o‘zi ham yo‘qoladi.
Consuetudo pro lege servatur
– Odat qonun sanaladi.
Dormiunt aliquando leges, numquam moriuntur
– Qonunlar ba’zida uxlaydi, ammo sira o‘lmaydi.
Dura lex, sed lex
– Qonun qattiqqo‘l, ammo u qonun.
Expressis verbis
– Bevosita ifodalanganda.
Fiat iustitia, pereat mundus
– Dunyo vayron bo‘lib ketsa-da, adolat qiling.
Ignorantia legis non excusat
– Qonunni bilmaslik oqlanmaydi.
Ignorantia iuris nocet
– Huquqni bilmaslik zararli.
Imperitia culpae adnumeratur
– Malakasizlik jinoiy beparvolik sanaladi.
In dubio pro reo
– Aybdorligiga shubha bor. (Aybsizlik prezumpsiyasini ifodalashda ishlatiladi).
Inter arma enim silent leges
– Urush davrida qonunlar gung bo‘lib qoladi.
Is fecit, cui prodest –
Naf oladigan kimsa tomonidan qilingan. (Izoh: odatda, biror jinoyat sodir bo‘lsa,
bundan manfaatdorlar birinchi bo‘lib qumon ostiga olinadilar).
Iura novit curia
– Qaysi qonunni qo‘llashni sud biladi.
Iuris praecepta sunt haec: honeste vivere, alterum
non laedere, suum cuique tribuere – Halol yashash
uchun, boshqalarga zarar yetkazmaslik uchun va har kimga o‘ziga tegishli
narsani berish uchun.
Ius est ars boni et aequi
– Qonun yaxshilik va adolat san’atidir.
Ius publicum privatorum pactis mutari non potest –
Ommaviy huquqni xususiy shartnoma bilan o‘zgartirib bo‘lmaydi.
Iustitia est constans et perpetua voluntas ius suum
cuique tribuendi – Adolat – bu har kimga o‘z haqini
berishga bo‘lgan o‘zgarmas va mangu istakdir.
Lex iubet ea, quae facienda sunt, prohibetque
contraria. – Qonun nima qilish kerakligini aytadi
va unga qarshi narsalarni taqiqlaydi.
Lex retro non agit
– Qonun orqaga qaytib ishlamaydi. (Izoh: qonunning orqaga qaytish kuchi yo‘q).
Locus regit actum
– Hodisa yuz bergan joy qonuni.
Modus operandi
– Ishlash usuli.
Nemo de domo sua extrahi potest
– Hech kim o‘z uyidan quvilishi mumkin emas.
Non exemplis, sed legibus iudicandum est
– Qarorlar misollarga qarab emas, balki qonunlarga muvofiq qabul qilinishi
kerak.
Non numeranda, sed ponderanda sunt argumenta
– Dalillarni miqdoriga qarab emas, qiymatiga qarab belgilash lozim.
Non omne quod licet honestum est
– Qonuniy bo‘lgan hamma narsa ham adolatli bo‘lmaydi.
Novus rex, nova lex
– Yangi qirol – yangi qonun.
Nulla poena sine lege
– Qonunsiz jazo yo‘q. (Izoh: faqat qonun orqali belgilangan qilmishlar uchun
jazolanadi).
Nullum crimen, nulla poena sine praevia lege poenali
– Ilgarigi jinoyat qonunisiz jinoyat ham, jazo ham yo‘q.
Nullum scelus rationem habet
– Sababsiz jinoyat yo‘q.
Nullus videtur dolo facere, qui iure suo utitur
– Qonuniy huquqlarini amalga oshirgani uchun hech kim aybdor sanalmaydi.
Optimus legum interpres est consuetudo
– Odat eng yaxshi qonun sharhlovchidir.
Pacta sunt servanda
– Shartnomaga amal qilish shart.
Princeps legibus solutus
– Hukmdor qonunlarga bo‘ysunmaydi.
Prior tempore potior iure
– Vaqtda ertaroq bo‘lgan, qonunda ham ustuvorroqdir. (Patent huquqidan misol:
kim birinchi ro‘yxatdan o‘tkazsa, uning ixtiroga bo‘lgan huquqi ustuvor bo‘ladi).
Pro publico bono
– Umum manfaati uchun.
Qui non appellat, approbare videtur sententiam
– Kim shikoyat qilmabdi, demak, u tan olibdi.
Qui non negat, fatetur
– Inkor etmasa, tasdiqlabdi.
Ratio est anima legis
– Qonunning asosi uning ruhidir.
Res ipsa loquitur
– Ashyo o‘zi uchun gapiradi. (Ba’zida jinoyatning zaruriy elementlarini
aniqlash imkonsiz bo‘ladi).
Salus populi suprema lex esto
– Odamlar manfaati oliy qonun bo‘lsin.
Scire leges non hoc est verba earum tenere, sed vim
ac potestatem – Qonunni bilish –so‘zlarni
tushunish emas, balki uning kuchi va ta’sirini anglash hamdir.
Semper specialia generalibus insunt
– O‘ziga xoslikliklar doimo umumiylik ichida bo‘ladi.
Summum ius summa iniuria
– Oliy adolat – oliy adolatsizlik.
Superficies solo cedit
– Yer ustida qurilganlari unga tegishlidir.
Testis unus, testis nullus
– Bitta guvoh guvoh sanalmaydi. (Masalan, musulmon huquqida ba’zi ayblovlarni
tasdiqlash uchun to‘rtta guvoh talab qilinadi).
Ubi ius incertum, ibi ius nullum
– Qayerda qonun noaniq bo‘lsa, u yerda qonun yo‘qdir.
Ubi ius incertum, ibi remedium
– Qayerda huquq bo‘lsa, o‘sha yerda vosita ham bo‘ladi. (Izoh: bu huquqni
amalga oshirishga ko‘maklashadigan chora-tadbirlar nazarda tutilgan).
Ubi societas, ibi ius
– Jamiyat bor yerda qonun bor.
Vacatio legis
– Bo‘m-bo‘sh qonun yoki o‘lik normalar.
Verba volant, scripta manet
– So‘zlar uchib ketadi, yozuvlar qoladi. (Izoh: og‘zaki shartnomadan ko‘ra
yozma shartnoma ishonchli demoqchi).
Votum separatum
– Alohida ovoz. (Masalan, BMT Xalqaro sudida ishni ko‘rgan sudyalardan biri
qabul qilingan qaror bo‘yicha o‘zining shaxsiy xulosasiga ega bo‘ladi va bu
qarorga qo‘shilmaydi).
Vis maior
– Yengib bo‘lmas kuch; fors-major.
Vox populi, vox Dei
– Xalqning ovozi Yaratganning ovozidir.