Bank siri haqida gapirar
ekanmiz, ba’zi hollarda uni tijorat siri bilan chalkashtirib yuborish hollariga
duch kelamiz. Bu ikki tushuncha naqadar o‘xshash bo‘lmasin, yuridik tabiati
jihatidan keskin farqlanadi.
Birinchidan, bank siri faqat bank faoliyatiga oid tushuncha bo‘lsa, tijorat siri keng sohalarni qamrab oladi (fan-texnika, sanoat, moliya-iqtisodiyot va b.).
Ikkinchidan, tijorat sirida taraflar ham turlichadir: tijorat sirining mulkdori, konfident va uchinchi shaxslar.
Uchinchidan, tijorat siri mazmun va hajmga ega, ustiga-ustak, ularni uning mulkdori belgilaydi. Bank sirida esa o‘zgacha; to‘g‘ri, unda ham mazmun va hajm mavjud, biroq, ularni hech kim belgilamaydi. Ya’ni, bank sirining mazmun va hajmi tabiiy holatda mavjuddir.
To‘rtinchidan, tijorat sirini muhofaza qilish muddati shartli ravishda bo‘lsa-da mavjud: “… muhofaza qilish tijorat sirining maxfiyligi yo‘qoladigan paytga qadar uning mulkdori yoki konfident tomonidan amalga oshiriladi” (“Tijorat siri to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi). Bank siri esa muddatsiz muhofaza qilinadi.
Yana bir farqi shundaki, bank siri mijoz va bank o‘rtasidagi munosabatlarni qamrab olib, alohida talablarga ega bo‘lmagani holda, tijorat siri boshqalarga noma’lumligi tufayli o‘z mulkdori uchun haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega bo‘lish(1), hammaga ma’lum yoki hamma uchun ochiq bo‘lmaslik(2), maxfiyligini ta’minlash choralari ko‘rilgan bo‘lish(3), davlat sirlariga ega bo‘lmaslik(4) kabi talablarga ega. Tijorat siri o‘z mulkdoriga moddiy manfaat keltiradi, uni boshqa shaxsga (konfidentga) shartnoma asosida foydalanishga berishi ham mumkin. Bank sirida bunday emas, chunki bank siri o‘z egasining mavjud moliyaviy holatini aks ettiradi, boshqacha aytganda, unda potensial tijorat qiymati bo‘lmaydi. Shunday qilib, bank siri va tijorat siri o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, bir-biridan mustaqil tushunchalarni anglatib, alohida huquqiy institutlar sanaladi.