Kristofer Monro, “Rome Monday”, 2011 – yil 11 – aprel
Kosmik
chiqindilar kabi yangi va endi paydo bo’layotgan tahdidlarni hisobga olish
uchun xalqaro javobgarlik to’g’risidagi konvensiya yangilanishga qattiq
muhtojdir. Bu haqida Rimdagi konferensiyada kosmos bilgichlari (ekspertlari) tinglashdi.
BMTning Kosmik
fazodan tinch maqsadlarda foydalanish bo’yicha Qo’mitasi tomonidan ishlab
chiqilgan xalqaro javobgarlik to’g’risidagi konvensiya hozir o‘zining
eskirganini ko’rsatishni boshlayapti, deydi Pol Friman – “Geyts va Sheriklari”
aerokosmik huquq firmasi sherigi.
“Uning qoidalari
ba’zi kerakli narsalarni e’tibordan chetda qoldiradi”, deb hisoblaydi P.Friman,
va buni konvensiya kosmos atrof muhiti masalalari kabi xavflarni qamrab
olmagani bilan va u xususiy tashkilotlar – tijoriy sun’iy yo’ldosh operatorlarini
hisobga olmay, faqat davlat javobgarligiga qo’llanishi bilan tushuntiradi.
Shuning uchun, butun kosmik sanoat bir joyga yig’ilishi va ba’zi tuzatishlar
ustida ishlashi zarur, - deydi Friman, – ayniqsa, yaqin soha bo’lmish aviatsiya
bozori ishidagi javobgarlik rejimlariga yetib olishiga eltuvchi ahamiyatli yo’l
bor.
“Turgan gapki,
biz davlatlar, operatorlar, sug’urtachilar va huquq umumiyligini ko’rib
chiqishga va yaqin kelajakda haqiqatga aylanuvchi zamonaviyroq tizimni ta’minlashga
muhtojmiz.
Konvensiyaning
esdan chiqqan aspektlaridan biri bu uning chiqindilarni kamaytirish murakkabliklari
bilan shug’ullanish imkoniyatidir”, - deydi u.
Bu alohida mavzu,
tashvishdir, ayniqsa, so’nggi besh yilda kosmik chiqindilar miqdori 30%ga
oshganligi va hozirda Yer orbitasidagi obyektlarning 90%dan ortiqrog’i chiqindi
ekanligi faktini e’tiborga olganimizda.
“Yaxshisi, konvensiyani
aviatsiya sohasidagi javobgarlikni tartibga solish maqsadida qabul qilinib, rivojlantirilgan
va takomillashgan shartnomalar bilan taqqoslab bo’lmaydi”, deb qo’shimcha qildi
Friman.
Agar kelajak
huquqiy tartibi rivojlantirilsa, uning aytishiga ko’ra, Birlashgan Qirollik
(Buyuk Britaniya) mamlakatdagi kosmik operatorlar uchun cheklanmagan
javobgarlik qonunlarini bekor qilish rejalari bilan to’g’ri yo’lda ketadi, bu
yo’l – unchalik ham uzoq bo’lmagan kelajakda o’z mevasini berishiga umid uyg’otuvchi
reja.
Maqolaning aslini quyidagi havolada o'qiy olasiz:
39 year old space liability convention needs revamp