Allohning
juda
katta,
bizga
yaqin
mo’jizalaridan
biri
odamning
tush
ko’rishi.
Ba’zilar
kamdan-kam tush ko’rishlarini ham
aytishadi.
Tuppa-tuzuk ikki sog’lom
odamning
biri
nega
tush
ko’radi-yu, biri tush ko’rmasligi jumboq. Xuddi odamning nutqi
qanday paydo bo’lishi kabi sir.
Bolaligimda
– taxminan o’n-o’n ikki yoshimda tushimda qo’shnimiz
usta
buva
vafot
etganligini
ko’rganman
va
bu
voqea
yaqin
o’rtada
sodir
bo’lishidan
qo’rqib,
xavotirlanib
yurganman.
Buni
qarangki, tush ta’biriga ko’ra kimki tushda o’lsa, hayotda
uzoq yasharkan. Usta buva to’qsondan oshib yaqinda
vafot
etdilar
(Ilohim,
joylari
jannatda
bo’lsin!
Omin!).
Demak,
ba’zi
tushlar
qirq, ellik yillardan keyin ham
sodir
bo’laverar
ekan-da.
Maktabni
bitirayotgan yilim masjid yonida bo’ladigan muazzin azon aytadigan minoraga o’xshash
bino tepasiga ko’tarilganman. Bu tushni otamga aytib beruvdim, rahmatli
«demak,
o’qishga
kirarkansan»-degandilar. Talabalik davrimda yotoloq tarzida paxtaga borgan Sirdaryo viloyati Oq Oltin tumanidagi baraklarda yotganimizda bir ajoyib tush ko’rganman. Emishki, butun “potok” talabalari kechasi
tashqariga chiqib
gulxan
atrofida
o’tirganmishmiz.
Shunda
osmonda
rangli,
yonib
turuvchi
to’rtburchak
chiroqlar
yal-yal yonarmish.
Osmon
shunaqa
go’zal
ediki!!!
Lekin,
kursdoshlarim
buni
ko’rmayotganmishlar,
ular
pastda
olov
atrofida
o’tirib
o’zaro
gurungga
mashg’ul
emishlar.
Men ularga «osmonga qaranglar, qanday
chiroyli»
dermishman,
ular
esa
mening
gaplarimga
loqayd
o’tirganmishlar.
Xo’jalik
sudiga sudya bo’lgan 1995-yilda, uch oy ishlar-ishlamasimdan so’ng otam qazo
qildilar. Bu qayg’uni
aritish
uchun
besh
vaqt
namoz
o’qiy
boshladim.
Otamning hali qirq kunlik ma’rakasi o’tmasidan Rasuli Akram tushimga kirdilar. U kishi menga qarab
jilmayib
turardilar.
***
Oradan
biron yil o’tib namozni besh vaqt emas, bir-ikki mahal
o’qiydigan
bo’lib,
din
masalasida
johiliyatga
ketib
qolganimni o’zim bilmay qoldim.
Asosan, ishga berilib ketdim. Xo’jalik sudida esa turli-tuman, yangi-yangi, murakkab
nizolar ko’paygandan ko’payib borardi. Iqtisodiyotning
biron-bir sohasi
Xo’jalik
sudini
tan
olgisi
kelmasdi.
Ayniqsa,
moliya-bank-soliq tizimi. Boshqa
vazirliklar
ham qonunning
ustidan
yurishni istardilar. Qonundan tashqarida
bo’lishni
istayotgan
bu
tarmoqlar
erta
bir
kuni
iqtisodiyotni
izdan
chiqarishlarini
xayollariga
ham keltirmasdilar. Aslida ular o’zlari o’tirgan daraxt shoxini qirqayotgan
edilar.
Sud
mana shu mashaqqatli ichki kurashlarda o’z so’zini aytib,
iqtisodiyotda Qonun
ustuvorligini
ta’minlash
uchun
jang
olib
borardi.
O’sha
1995-2004 yillar
(sud
raisi
M.E.Abdusalomov bo’lgan payt)gacha muvaffaqiyatli
kurashardi.
Huquqshunoslikda
Rim huquqidan
kirib
kelgan
«De-yure», «De-fakto» degan terminlar bor. Oddiygina qilib
o’zbekchasiga
aytsam,
«Huquqiy»
va
«Haqiqiy».
O’zbekistonda
o’zbek
tili
davlat
tili,
qonunlarning o’zbek tilidaga matni ustuvor hisoblanadi
bu
huquqiy
jihatdan
to’g’ri.
Ammo,
qonunlar avval rus tilida yoziladi, keyin o’zbek tiliga tarjima qilinadi.
Bu
esa
Haqiqiy
holatda o’zbek tilining ustuvorligi yo’qligini
anglatadi.
Bu
unsur tilshunoslarning jig’iga tegishi mumkin. Ammo, sudda ba’zi hollarda
yuridik
terminlarning
rus
tilidagisi
aniqroq yozilgan va amaliyotda qo’llash
ustuvor.
Buning
sababi
qonunshunoslarimizning ko’pchiligi
haliyam SSSR paytida, rus tili ustuvor bo’lgan paytda o’qiganlar,
ko’nikma
hosil qilganlar,
milliy
tilni
o’sha
paytlarda
mensimaganlar.
Vaholanki,
o’zbek
tili
juda
qadimgi va boy til. Menimcha, bu holat
yaqin
orada
o’z
joyiga
tushadi.
Sudda
nizo bor. Taraflar o’z manfaatlari uchun kurashadilar. Sud esa adolatli yechim topishi
kerak. Mana shu «huquqiy»
va
«haqiqiy»
holatlarning qay
birini
yuzaga
chiqarish
kerak
degan
savol
ko’ndalang
bo’lganda,
men
iloji
boricha
«haqiqiy»sini
ro’yobga
chiqarishga
uringanman.
Bir
hayotiy misol.
Chiroqchi
tumanilik
bir
tadbirkor
shartnomaviy
sherigi
uning
pulini
bermay
ketganligi
yuzasidan
da’vo
arizasi
va
shikoyat
bilan
Oliy
Xo’jalik
sudiga
ariza
yozgan.
Aslida
buning
uchun
o’zimizning
hududiy viloyat sudiga murojaat qilishi
lozim
edi.
Ammo,
keyinchalik
bilishimcha,
ushbu arizani yoqlab o’rtaga qashqadaryolik
mashhur
bir
kishi
aralashgan.
Ish
alohida
nazoratda
bo’lganligi
uchun
menga
berildi.
Ishni
ko’rish bo’yicha ajrim chiqardim va taraflarga jo’natdim. Ish ko’rilayotgan kuni da’vogar vakili sud protsessiga keldi, javobgar esa kelmadi. Da’vogar vakili
his-hayajonga
berilib,
nohaqlikka
uchraganligini
bayon
etar
(hujjatlar «de-yure» uning tarafida edi), uyida yegani noni yo’qligini,
hatto sudga kelishidan oldin birovdan qarzga
pul
olib
kelganligini
aytib
yuragimni
ezib
yubordi.
Da’voni
to’liq, jarimasi bilan birga qanoatlantirib,
uyiga
yetib
olishiga
yo’l
haqi
ham berib, jo’natib yubordim.
Besh
kun ichida hal qiluv
qarorini yozib jo’natib yubordim. Oradan bir necha kun o’tib, ikkinchi taraf kelib da’vo umuman asossiz ekanligini, olingan pulni u da’vogarga bug’doy
sifatida
qaytarib berganligini, ammo, da’vogar hujjatlarni
rasmiylashtirmasdan
yurganligini
aytib
berdi.
Gapirayotgan
odamning
so’zlarini
tinglab,
ichki
bir
tuyg’u
bu
odam
yolg’on
gapirmayotganligini
bildirib
turardi.
Menda
haqiqatni
tagiga
yetish
hissi ustuvorlik
qildi va o’zim qabul
qilgan Hal
qiluv qarorini
yangi
ochilgan
holatlar bo’yicha bekor qilib,
ishni
yangitdan
qayta ko’rishga ajrim qilib,
taraflarga
jo’natdim.
Ha, aytmoqchi,
ishni
ko’rishni
Chiroqchi
tuman
hokimligi binosiga, tuman ahli,
rahbariyati
ko’z
o’ngida
ko’rishga
tayinladim.
O’shanda
ham Ramazon oyi edi. Ish ko’riladigan kuni ertalab «jabrdiyda»-da’vogar kelib, «Chiroqchi
tuman
Hokimligiga bormasligini, ishni mavjud hujjatlarga
asosan
ko’raverish
kerakligini
aytdi».
Uning
bunday
deyayotganligi
mening
uning
foydasiga
undirgan
qarorim bekor qilinganligi
uni
tang
qoldirganidan, u esa biron-bir huquqshunos
yoki
buxgalterga
maslahatga
borganligidan
dalolat
berardi.
Maslahatchi
esa
«hujjatlar
bo’yicha
sen
haqsan,
ishing
bo’lmasin,
sen
g’alaba qilasan»-deganini anglatib turardi.
Mavjud
hujjatlar nima? Bu kishi javobgarga pul ko’chirib bergan. Misol uchun shartnomaga ko’ra javobgar da’vogarga g’isht
berish
kerak
edi.
Biroq, u olingan pul evaziga bug’doy
berganligi,
ammo,
da’vogar
bu
holatni rasmiylashtirmasdan kelayotganligini aytganligi to’g’riga
o’xshab
qoldi.
Ishdagi
mavjud hujjatlar bo’yicha ishni ko’raman desangiz da’vogar haq. Ammo, qaror
adolatsiz
bo’ladi.
Sud
noinsof,
qasamxo’r, ikkiyuzlamachi, bir so’z bilan aytganga muttahamning
tarafini
olgan
bo’lib
chiqadi.
Bu
sudning
ham, mening ham
obro’yimga
to’g’ri
kelmaydi.
Shu sababdan, menda da’vogar va javobgarni yuzlashtirish ularning ko’zlariga qarab
qaror qilishni
niyat
qildim.
Shuning
uchun «jabrdiyda» da’vogarga ketib qolmaslikni,
o’zim
uni
uyiga
tashlab
qo’yishga va’da berib, tezda barcha hujjatlarni
tayyorlab,
xo’jalik
sudining
Tiko mashinasida yo’lga tushdik.
Ramazon
oyi bo’lganligi munosabati bilan mashinaga mingach, da’vogarga «ramazon oyida yolg’on
gapirish
mumkin
emasligini,
Ibrohim
payg’ambar
uzoq umrlari davomida uch martagina yolg’on
gapirganliklarini
so’zlab»,
uni
insofga
chaqirib
bordim.
Shundan so’ng javobgar unga bug’doy berganligi sirini ochdim. U noiloj bu faktni tan oldi, lekin qitmirlik
qilib «uyim yo’l ustida, xohlasangiz
borib
ko’ramiz,
bug’doy
deb
bergan
narsasi
shamak
(g’allaning ichida o’sadigan yovvoyi urug’ qiladigan
o’simlik)
doni», -dedi.
Uyim
«yo’l ustida» degani uchun qishloqqa
kirdik.
Uyning
tomi
tunuka
bilan
qoplangan ekan. Bu mezbonning avval topish-tutishi yaxshi bo’lganligidan darak berardi.
Lekin
bugungi moliyaviy ahvoli uning tanazzulda ekanligini ko’rsatib turardi. Uyda bitta xonada gilam, ko’rpa to’shak bor
edi. Biz uyga kirgach, o’sha jihozlangan xonada kasal yotgan xotini biz kelgach ko’rpa-to’shakdan turib tashqari
(agar
adashmasam
bu
noyabr,
sovuq tushgan, ammo quyosh
charaqlab
turgan
kun)
hovliga chiqib
ketib
oyoq yalang yurganligini ko’rib yuragim ezilib ketdi. Ayolning shamollaganligi
uning ranglari sarg’ayib ketganligidan ham
ko’rinib
turardi.
Tushunarli,
uy
egasi
muhtojlik
tufayli
bug’doy
olgan
bo’lsa-da, yana javobgardan pul undirmoqchi
bo’lib
sudga
da’vo
qilgan.
Mening
ayolga achinib qarab turishimni mezbon sezdi shekilli, «bu ikkinchi
xotinim, hovli-joyimni birinchi xotinimga tashlab bu yoqqa
ko’chib
kelgan
yangi
ro’zg’ormiz»-dedi.
Qo’shni,
jihozsiz xonaga kirdik. Qo’ldan
tikilgan
katta
qopga solingan donni ko’zdan kechirdik. Donning og’irliga
80-90 kilo.
Aytganidek, qopning ichidagi don g’alla
emas,
boshqa
o’simliklar
doni.
Bu
bilan
parranda
– kurka,
tovuq boqsa
bo’ladi.
Men
dastlabki
qarorimga ko’ra da’vogar foydasiga, taxminan
350.000 so’m
asosiy
qarz va 175.000 so’m penya jami 525.000 so’m undirgandim. Bu summa hozirgi kunda 15-20 million
so’mlarga borsa kerak. Dalada ekilgan g’allaning
chiqiti
kattaligidan
ham javobgar bug’doy
berganligi
ko’rinib
turardi.
Ammo,
javobgar
bug’doyni
kechiktirib
bergan.
Bu
faktdan
ko’z
yumib
bo’lmaydi.
«Yigirma
martalar
orqasidan
bordim,
shundan
keyin bug’doy berdi», -deydi da’vogar.
–
Mayli, yuring, mashinaga mining, hokimiyatda yuzma-yuz gaplashamiz,-deyman da’vogarga, u esa siniqqan
holda «qozi
aka,
siz
o’zingiz
boravering,
men
javobgarni
ko’rgim
ham kelmaydi», -deydi.
–Javobgarning
aybi bug’doyni kechiktirib berganligida,
qancha penya undirib bersam, sizga ma’qul?
–Yuz
ellik ming.
–Yo’q, ellik ming so’m.
–O’zingiz
bilasiz.
O’zining
juda katta jabrdiyda qilib ko’rsatgan da’vogarni o’z qishlog’ida
qoldiraman va Chiroqchi
tuman
hokimligiga yo’l olaman. U yerda javobgarni topib, «bug’doyni
da’vogarga
berganingizni
kim
ko’rgan?», -degan savolni ko’ndalang qo’yaman.
–Eshon
buvam ustida bo’lganlar, -deydi javobgar vakili.
Eshon
buvani manziliga – umuman teskari tomonga yo’l olamiz. Yoshi yetmishlardan o’tgan
Eshonbuvani, uning o’g’linikidan topamiz. Bugun
shu yerda iftor dasturxoni yozilayotgan ekan.
–Hey,
boy
bo’lmay
o’l,
-deydi
Eshon
buva
salom
alikdan
so’ng,
tashrif
mohiyatini
obdon
tushuntirganimdan
so’ng,
javobgar
vakiliga
yuzlanib.
–Bir
tonna
bug’doyni
deb,
sen
meni
boshimga
qozini boshlab keldingmi? O’tgan yili otimni birov o’g’irlab
ketdi,
men
hech joyga xabar bermadim-ku.
«Boshimga
qozini boshlab keldingmi?»-so’zi mengayam og’ir
botdi.
–Eshon
buva, siz ro’za tutgan bo’lsangiz, biz ham
ro’zadormiz,
bir
kunlik
adolat
oltmish
yillik
ibodatdan
ustun
degan
gap
bor.
Biz
sizning
yoningizga
adolatli qaror qabul
qilish uchun keldik, -dedim men.
Eshon
buva ro’za tutadigan sudyani ko’rib hayron
qoldi va biroz yumshadi.
–Eshon
buva, shu kishi (javobgar) da’vogarga bug’doy
beruvdimi?
–Ha,
beruvdi.
–Siz
ko’ruvdingizmi?
–Ikkoviyam
muridim bo’ladi. Men aytgandan keyin beruvdi. Lekin, hozir
yana
bersin.
–Nega?
–Uning
ahvoli og’irroq.
–Qancha
bersin?
–Bilmasam?
O’zing ayt? -yuzlanadi Eshon buva javobgarga.
–Mayli,
Eshon buva, sizning hurmatingiz uchun ellik ming beraman.
–Bo’ladimi,
Eshon buva? - so’rayman men.
–Yo’q, yana qo’shsin.
–Sakson
ming bersa bo’ladimi? – so’rayman men.
–Bo’ladi.
–Mayli,
-deydi javobgar.
Shu
bilan yelkamdagi tog’
ag’darilganday
bo’ladi.
Ko’ngil
xotirjamligida
uyga
qaytamiz. Men qaytadan
hal qiluv
qarori qabul
qilib, javobgardan da’vogar foydasiga
80.000 so’m
penya undiraman. Oradan olti oylar o’tgach, javobgarni to’satdan ko’rib qoldim.
–Ha,
pulni
to’ladingizmi?
–deb
so’radim.
–U ham
so’ramadi,
men
ham to’lamadim, -deydi javobgar.
***
Qur’on
oyatlari bilan mamlakat qonunlarini solishtira borib, Allohning
ba’zi
oyatlari
qonun ekanligini angladim. Biron-bir
yomonning tarafini olsangiz, o’zingizga ham
bir
ulush
olishingiz
bildirilgan.
Sudyalik
degani mamlakat yoki chet ellik fuqarolarning
talab-istagi, nafsini baholab
sotadigan
do’kondorlik
degani
emas.
Sudya
mamlakat
vijdonini
asrab-avaylovchi, uni barchaga yoqimli,
jozibali
bo’lib
turushini
ta’minlovchi
qo’riqchilik,
himoyachisi deganidir.
Men
Qur’on oyatlari qonunlar ekanligini asta-sekinlik bilan kashf qila
boshladim.
Rayko’mpartiyada,
«Sho’rtangaz»da
ishlagan
davrlarimda
ham Qur’onning
matni
oddiy
matn
emas, balki Qonunlar ekanligiga ishonchim orta boshladi.
Esimda,
1995-yilda bir janjalli nizo yuzasidan bir to’da qishloq qariyalari
xonamga
kelib,
meni
ta’magirlikda
ayblamoqchi
bo’lishdi.
Shunda
men
xonamda
turgan
Qur’on kitobini o’rtaga qo’ydim-da, «kelinglar, ushbu Qur’on haqqi
qo’llaringni unga qo’yib
menga
nisbatan
qo’yayotgan gaplaringni aytinglar, men ham
aytaman.
Kim
aybdor
bo’lsa,
Alloh unga ko’rsatadi», -dedim. Shunda boboylarning haddi
sig’madi.
Keyinchalik
eshitdim.
Ular
meni
eshonlardan
ekan
deb
o’ylashgan
ekan.
Alixonto’ra
Sog’uniyning «Tarixi Muhammadiya»
asarini
o’qigach,
u kishining qabrlarini
ziyorat
qilish ishtiyoqi
paydo
bo’ldi.
Toshkentga
safar
qilib, u kishining yashagan uylarini topdim. Shom ibodatini qilib,
ruhlariga
tilovat
qilgach, uy egalaridan ularning qabrlari
qayerdaligini surishtirdim. Ertasi kuni
Ko’kcha qabristoniga borib qabrlarini
ziyorat
qildim. Alixonto’ra Sog’uniyning
«Turkiston
qayg’usi»
asarini
o’qigach,
temir
panjaralar
ichidagi
mamlakatda
qanday qilib
bunday
asar
yozilishi
mumkinligini
o’ylab
unga
javob
topdim,
bu
ishni
faqatgina
Yolg’iz Alloh yordamida amalga oshirish mumkin!!!
Sudya
bo’lib yurgan paytlarimda bir kuni Sulaymon payg’ambar,
bir
kuni
Muso
payg’ambarni
tushimda
ko’rdim.
2004-yil
avgust
oyida
esa
Rasuli
Akramni
ikkinchi
marta
tushimda
ko’rdim.
Bu
tush
hech qachon
yodimdan
chiqmaydi.
Rasuli
Akram bilan Germaniyada yurganmishmiz. U kishi meni qo’limdan
yetaklab
bir
machitga
o’xshash
naqshinkor
yog’och
eshiklari
bor
xonaga
olib
kirdilar.
U kishining yonlarida bo’lgan paytdagi shavqni
men
umrim
bino
bo’lib
bir
marta
ham uchratmagandim.
Rasuli
Akramdan keltirilgan hadisga ko’ra «kimki meni tushida ko’rsa, meni ko’ribdi» degan hadisga
tayanilsa,
garchi
tushimda
bo’lsa-da, Rasuli Akramning yonlarida bo’ldim va qiyoslab
bo’lmas
darajada
quvonchga to’ldim. O’sha paytda mening yoshim o’ttiz to’qqizda
bo’lib,
uch
farzandning
otasi
edim.
Rasuli
Akramning yonida turganimdagi shavqni
tushuntirishga
urinsam,
o’ttiz
to’qqiz
yoshgacha
bo’lgan
barcha
quvonchim – bolaligimdagi chiroyli o’yinchoq, birinchi sinf, birinchi besh baho,
birinchi
velosiped,
maktabni
bitirganlikdagi
oltin
medal,
oliygohga
bitta
imtihon
bilan
o’qishga
kirish, oliygohni bitirish, visol, farzandlar tug’ilishi
va
boshqa
quvonchlarimni jamlaganimda Rasuli Akramning oldida tuygan shavqimning
0,1 foizini
tashkil
qiladi, balkim undan-da kamdir.
Oradan
o’n besh yilcha vaqt o’tib shuni angladimki, Alloh dunyoni ishq, muhabbat
bilan
yaratgandi.
Uning
barcha
elchilarida
mana
shu
mehr
nuri
bor
edi.
Biz
ham har
bir
ishimizda
mehr
ko’rsatishimiz,
bayrog’imiz
mehr,
tadbirlarimiz
mehr
ulashish
niyatida
bo’lsagina
muvaffaqiyatga
erishamiz.
Bu
mehrni
topish
yo’lini
ko’rsatuvchi
Qonun – Qur’onni
qattiq ushlasak, mustahkam
halqani
ushlagan
bo’lamiz
va
in
sha
Alloh ikki dunyo saodatiga erishamiz.