Bizda
biror huquqiy tartibni tadqiq qilishda taraqqiy etgan davlatlar tajribasiga
murojaat qilish odati shakllangan.
Bu pretsedentga sodiq qolgan holda Shveysariya bank huquqida bank sirining muhofaza qilinishini o‘rganib chiqsak.
Shveysariya bank tizimi o‘zining ishonchliligi va xavfsizligi bilan tanilgan. Bunga u nimalar orqali erishgan? Shveysariya banklari bank siri va mijoz shaxsining maxfiyligini mukammal saqlay olishi buning sababidir. Shuning uchun, shveysar banklarini “bank sirining bobosi” deb atashadi. Shveysariyada bank siri 1934-yilgi “Banklar va jamg‘arma banklari to‘g‘risida”gi federal Qonunga kiritildi. Mamlakatdagi bank siriga oid qonunchilikni o‘zgartirishga xalqaro bosim qilinadi, biroq shveysar ijtimoiy va siyosiy kuchlari bu bosimni imkon qadar yo‘qqa chiqarib kelmoqda. Jamiyatning siyosiy-huquqiy ongida mijoz haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish jiddiy ijtimoiy va jinoiy qilmish sifatida qaraladi. Shveysar banklarining yozilmagan ichki odob-axloq qoidalari ham mavjud bo‘lib, bank xodimlari ularga so‘zsiz amal qiladilar. Bank sirining oshkor etilishi javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi. Javobgarlik jarima to‘lash va ozodlikdan mahrum qilish kabi jazo turlari qo‘llanishida aks etadi. Jahon iqtisodiy inqirozidan so‘ng Shveysariya Yevropa Ittifoqining “Jamg‘armalar bo‘yicha direktiva”sini imzoladi. Bu direktiva shveysar banklariga Yevropa mamlakatlari oldida shaxsi aniqlashtirilmaydigan yillik soliq statistikasi haqida hisobot berish majburiyatini yukladi. 2008-yilning 3-dekabrida esa Shveysariya Federal Asssambleyasi (parlamenti) bank sirini saqlashni buzganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosini 6 oydan 5 yilga ko‘tardi.

Yuqorida
ta’kidlaganimizdek, Shveysariyada bank sirining huquqiy maqomiga bosim kuchayib
bormoqda. “Chet el hisob raqamini soliqqa tortishga rozilik to‘g‘risida”gi
Qonun (AQShliklar nazarda tutilgan) bunga misol bo‘ladi. Mazkur qonun loyihasi
parlamentda ikki marta qaytarilgandan so‘ng qabul qilingan. Mazkur qonunga
asosan shveysar banklari AQSh Ichki soliq xizmatiga shaxsi aniqlashtirilmaydigan
amerikalik mijoz haqidagi ma’lumotlarni berish majburiyatini oladi. Biroq,
mijoz o‘zi haqidagi ma’lumotlarni Ichki soliq xizmatiga berishga ruxsat
bermasa, shveysar qonunchiligi bu oshkor etilishni taqiqlaydi. Bu vaziyatda
Shveysariya banklari mijozning faqat soliqqa tegishli ma’lumotlarini yuboradi,
ammo batafsil axborotlarni oshkor etish taqiqlanadi (“Banklar va jamg‘arma banklari to‘g‘risida”gi federal Qonunning
47-moddasi).
2015-yilda
Shveysariya Germaniya, Avstriya va Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama
kelishuvlarga erishgan bo‘lib, bu kelishuvlar xorijlik mijozlarga o‘z
anonimligini saqlab qolish imkoniyatini beradi, lekin oldindan belgilab qo‘yilgan
soliq qarzlarini to‘lashlari lozim. 2017-yilda esa Shveysariya Bank faoliyati axborotlarini avtomatik
almashinish to‘g‘risidagi xalqaro Konvensiyani ratifikatsiya qildi. Bu
bilan muayyan davlatlarga faqatgina soliq auditi maqsadida cheklangan moliyaviy
ma’lumotni berishga rozi bo‘ldi. Shuningdek, shveysar banklari avtomatik tarzda
mijoz nomi, manzili, yashash joyi, soliq raqami, tug‘ilgan sanasi, hisob
raqami, yil yakunidagi hisob balansi va jami investitsiyaviy foydasi haqidagi
axborotni chet el soliq organlariga berishga ham majburdirlar. Ammo bu bilan
1934-yilgi Bank qonuniga zid harakatlar kuzatilmaydi, chunki mijozning
xarajatlari va investitsiyalari oshkor qilinmaydi. Bank sirini muhofaza
qilishni yaxshilash maqsadida 2017-yil dekabrida Shveysariya parlamenti qonunchilik
tashabbusi bilan chiqqan. Tashabbusga ko‘ra bank sirini Konstitutsiyaga
kiritish va uni federal himoya qilinadigan
konsititutsiyaviy huquqqa aylantirish ko‘zlangan edi. Ammo bu tashabbus hali
oldinga siljigani yo‘q. Shunday qilib, Shveysariya bank huquqi bank sirini
muhofaza qilishda katta tajribaga ega va bu boshqa mamlakatlar bank tizimi
uchun na’muna bo‘la oladi.